uzagrosugurta

«Oʻzagrosugʻurta» AJ

ONLAYN XIZMATLARIMIZDAN FOYDALANING!
BIZNING SOTSIAL TARMOQLARIMIZGA OBUNA BO’LING!
ONLAYN XIZMATLARIMIZ
Sugʼurta mukofoti nima?
Sugʼurta qildiruvchi tomonidan sugʼurtalovchiga sugʼurta shartnomasida shart qilib koʼrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʼlanadigan sugʼurta uchun toʼlov.
Kreditni qaytarmaslik bo’yicha javobgarligini sug’urtalash to’g’risida birorta qonun hujjati mavjudmi?
Kreditni qaytarmaslik boʻyicha javobgarlikni sugʻurtalash — 2018-yil 7-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida»gi 3777-sonli Qarori 11-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sugʻurtalanganda sugʻurta toʻlovini 4 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilash hamda sugʻurtalash shartlarini yengillashtirish choralarini koʻrsin deyilgan.
Sugʻurta polisi yaroqsiz boʻlib qolsa uni dublikati beriladimi?
Majburiy sugʻurta (TVEFJMSQ) boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega.
Bunda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini toʻlangan sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak.
⚠️ Dublikatlar sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchi murojaat qilgan va u dublikatlarni tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi.