NIGORA SALIMOVA
nigora_kouch
Men Salimova Nigora Yakubjon qizi 1990 yilning 15 — dekabrida, oppoq qishning baģrida dunyoga kelganman.
Bolalikdan oģir, bosiq va kamgap bõlganman.
Maktabni a’lo baxolar qõyilgan «qizil» shaxodatnoma bilan bitirib, orzuyim bõlgan tibbiyot kollejiga õqishga kirganman.
Xamshira bõlib ishga kirdim, 2 oy õtib turmushga chiqdim.
Ishdan bõshatishdi 😔
Orada 7 yil uyga bekalik qildim, 2 ta farzandli bõldim, keyin menda ishlash niyati paydo bõldi,  yana 2 oy ixtisoslikka õqidim, ishga kirdim. Olgan bilimlarim, u paytda yangilik bõlgan kompyuterni ozroq bilganim ish berib kerakli xodimga aylandim.
Exxe agar 8 yillik stajimda bõlgan voqealarni yozadigan bõlsam kitob qilishga tõģri keladi, keling asosiy voqeani aytaqolaman: meni kenja qizim dunyoga keldi 🥰
Bir oilaning ayoli, 3 farzandning onasi va õz kasbini mutaxassisi bõlib turib xali xayotni umuman anglamaganimni yaqin 4 yil ichida tushunib yetganman.
2021 yil men uchun tub burilish yili bõldi desam adashmayman, men asl xoxish istaklarimni anglay boshladim, psixologiyaga kirib keldim, shu yilni õzida oliy ta’limga topshirdim va kirdim.

Xozirda:
Sevimli rafiqa, 3 farzandni onasi, õz kasbini sevuvchi mutaxassis!
‌Chirchiq davlat pedagogika universiteti, psixologiya va pedagogika yõnalishi 4- kurs talabasi, kasbim bõyicha dietolog xamshira va intuitiv diagnostika bõyicha sertifikatga ega mutaxassisman.
‌Bundan tashqari yangi davr tabibi yõnalishida ong osti bilan davolash bõyicha prof kursni õqidim.


Ustozlarim: Malohat Polvonova
Talia Xalaba, Dee xonim

Yana Nargiz Sattarova va Amira Rashidovani (jamoasi bilan) kuzataman